Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Kalibr" raketalari G‘arb qurollarini yo‘q qildi

Ukrainaning Jitomir viloyatida G‘arb tomonidann yetkazib berilgan qurollarning katta partiyasi "Kalibr" raketalari yordamida yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may - Sputnik. "Kalibr" raketalari Jitomir viloyatida AQSh va Yevropadan Ukraina harbiylari uchun yetkazib berilgan qurol-yarog‘ va texnikaning katta partiyasini yo‘q qildi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Igor Konashenkov.
"Jitomir viloyatidagi Malin temir yo‘l stansiyasi hududida yuqori aniqlikdagi, uzoq masofali, dengizdan uchirilgan "Kalibr" raketalari AQSh va Yevropa davlatlaridan Ukrainani guruhlash uchun olib kelingan qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning katta partiyasini yo‘q qildi”, - dedi u.
Generalning qo‘shimcha qilishicha, yuqori aniqlikdagi havodan uchiriladigan raketalar Odessa port zavodidagi yoqilg‘i saqlash inshootlarini ham vayron qilgan. Yoqilg‘i Ukraina millatchilarining zirhli mashinalari uchun mo‘ljallangan edi.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya QK artilleriya va raketa zarbalari bilan shtgan sutka davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 77 qo‘mondonlik punkti, 602 dushmanning ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan hududlarini, Ukraina Qurolli Kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari uchun shaxsiy tarkib bilan o‘quv lageri, 43 ta artilleriya va minomot birliklari, ikkita "Grad" batareyalarini, 10ta o‘q-dorilar ombori, Xarkov viloyatidagi Mayaki aholi punkti yaqinidagi Buk-M1 havo mudofaa tizimini ishga tushiruvchi qurilmasini yo‘q qilgan.
Shuningdek Rossiya aviatsiyasi yuqori aniqlikdagi raketalar bilan uchta nazorat posti, shu jumladan Baxmut shahri (sobiq Artemovsk) yaqinidagi 109-terodofiya brigadasining qo‘mondonlik punkti, qo‘shinlar va texnika jamlangan 36 ta hududni, sakkizta o‘q-dorilar omborini yo‘q qilgan.
“Havo zarbalari natijasida jami 270 dan ortiq millatchi halok bo‘ldi, 52 ta harbiy texnika yaroqsiz holga keldi”, — deya qo‘shimcha qildi Konashenkov.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining yana bir Su-25 samolyotini Xerson viloyatidagi Novoaleksandrovka yaqinida yo‘q qildi.
Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni "Azovstal"da qurshovga olingan jangarilarning so‘nggi guruhi taslim bo‘lgan edi. Shunday qilib ushbu yer osti inshootlariga ega bo‘lgan va yaxshi himoyalangan hududda so‘nggi 3 kun davomida jami 2439 nafar Ukraina harbiylari hamda "Azov" millatchi bataloni jangarilari taslim bo‘lishdi va asirga olindi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.