TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘quvchilar uchun maktab formasini to‘liq joriy etish ishlari yangi o‘quv yilidan boshlanadi. Ushbu haqida 19-may kuni hukumatning 271-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq:
2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi (oldinga qarorda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi aytilgan edi).
2022 yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.
2022 yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy budjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.
Ma’lumot uchun, davlat maktablari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi Vazirlar Mahkamasining 666-son qaroriga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi.