O‘zbekiston ayollar futbol turniriga mezbonlik qiladi

Turnir 20-26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Hindiston, Eron va Iordaniyaning jamoalari to‘p suradi.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining G‘arbiy mintaqa uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ayollar klublari o‘rtasidagi turnirga mezbonlik qiladigan davlatlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, G‘arbiy mintaqadagi klublar o‘rtasidagi turnir O‘zbekiston maydonlarida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
“Ushbu uchrashuvlar 20-26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston, Hindiston, Eron va Iordaniyaning jamoalari ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Sharqdagi turnirda Tailand, Taypey va Manma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
Ikki zona g‘oliblari o‘rtasidagi final o‘yini oktabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.