TOShKENT, 19-may – Sputnik. Yaponiya Moliya vazirligining xabar berishicha, aprel oyida Rossiyadan Yaponiyaga importi hajmi 67,3 foizga oshgan. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.
Mutlaq ko‘rsatkichlarda bu 187,1 milliard iyena yoki 1,45 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunday o‘sishga energiya tashuvchilar narxi oshishi yordam berdi.
Ikkinchi tomondan Yaponiyaning Rossiyaga eksporti aprel oyida 69,3 % kamayib 23,77 milliard iyen yoki 184,2 mln. dollarni tashkil etgan.
Shuningdek,yu Yaponiyaning tashqi savdo balansida – defitsit paydo bo‘lgan: -839 milliard iyen (yoki 6,5 milliard dollar)ga yetdi
Yaponiya vazirligi xabariga ko‘ra, aprel oyida Yaponiyaga 1979-yildan kuzatilgan oylik importning rekord darajasi qayd etilgan - 8,92 trillion iyen (69,1 milliard dollar). Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,2 foiz o‘sish degani. O‘z o‘rnida eksport ham 1979-yildan buyon kuzatilgan ikkinchi yuqori natijani ko‘rsatgan + 12,5 foiz, 8,76 trillion iyen yoki 67,9 milliard dollar.
.