SZ: Rossiyaga qarshi sanksiyalar kutilgan natijani bermadi

Nemis gazetasi Xitoy, Hindiston va Turkiyaning pozitsiyasi sabab G‘arb sanksiyalari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini yozmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari ayrim yirik davlatlarning pozitsiyasi sabab kutilgan natijani bermadi. Bu haqda Germaniyaning “Süddeutsche Zeitung” gazetasi yozmoqda.
“Xitoy, Hindiston, Braziliya va Turkiya kabi mamlakatlar yoki umuman G‘arb sanksiyalariga qo‘shilishmadi, yoki qisman qo‘shilishdi”, - deyilgan maqolada.
Ta’kidlanishicha, sanksiya bosimiga qaramasdan, Rossiya iqtisodiyoti barqarorlikni saqlab qolgan.
“Kutilgan moliyaviy inqiroz ro‘y bermadi. YaIM kutilganidek fojiaviy tarzda qulamadi. Rossiya valyutasi qulashdan so‘ng tezda o‘zini o‘nglab oldi”, - deya xulosa qilingan xabarda.

Mavzuga oid:

Global Times: G‘arb sanksiyalar bilan Rossiya iqtisodiyotini sindira olmadi
Volodin global inqirozning asosiy aybdorlarini aytdi
Pekin G7 davlatlarini noqonuniy sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirdi
G‘arbda “Rossiyaga berilgan qaqshatqich zarba” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishdi