O‘zbekistonda ichki yo‘llar qanday qurilishi belgilandi - prezident qarori

2022 yilda sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlari klaster usulida amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. 2022-yil O‘zbekistonda 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi. Bu haqda 18-may kuni qabul qilingan 249 sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga muvofiq, 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar qurish klaster uslubida amalga oshiriladi.
Manzillar tanlash - mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari va jamoatchilik fikri inobatga olinadi hamda xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Loyihaga tashkilotlarini jalb etish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazish buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlari “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.