Kichik Bush Ukrainada Amerika biolaboratoriyalari borligini tasdiqladi

AQShning sobiq prezidenti rossiyalik prankerlar bilan suhbatda Ukrainadagi Amerika biolaboratoriyalari ishini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush Vladimir Zelenskiy nomidan unga qo‘ng‘iroq qilgan rossiyalik prankerlar Vovan va Leksus bilan suhbatda Ukrainada Amerika biolaboratoriyalari faoliyat yuritganini tasdiqladi.
Xususan, suhbatda “Vladimir Zelenskiy” AQShga minnatdorchilik bildiradi va ukrainlar ularning merosini saqlab qolishni uddalashganini aytadi: amerikaliklar moliyalashtirgan biolaboratoriyalar. Bunga javoban Bush “Ha” degan.
Keyin prankerlar Kiyev biolaboratoriyalarni xavfsiz joyga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lganini aytishgan, “shunday ekan ruslar <…> hech narsani qo‘lga kirita olishmadi”. Bush yana ijobiy javob bergan.
Prankerlar suhbatning to‘liq versiyasini yaqin kunlarda Rutube᾽dagi kanaliga joylashtirishga va’da berishdi.

Mavzuga oid:

AQSh biolaboratoriyalarining maqsadi - biomaterial yig‘ish - Putin
AQSh Xarkov yaqinidagi ruhiy asab kasalxonasidagi odamlar ustidan tajriba o‘tkazgan
Ostonadagi xavf. AQSh Ukrainada o‘nlab biolaboratoriyalar yaratdi
Patrushev dunyoda yuqumli kasallik avj olishini AQSh biolaboratoriyalari bilan bog‘ladi