Qashqadaryoda yirik quvvatli ilk sement zavodi ishga tushirildi

Yangi zavodda yiliga 1,2 million tonna M-400, M-500 va M-600 markali sement ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning 30 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida yirik quvvatga ega “Qarshi konch sement” sement zavodi ishga tushirildi.
Yangi korxona Kitob tumanidagi 62 gektar yer maydonda joylashgan. Viloyat hokimligi axborot xizmatining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, korxona ishga tushishi natijasida 400 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
U yerda yiliga 1,2 million tonna M-400, M-500 va M-600 markali sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mahsulotlarning 30 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinadi.
“Zavodni ishga tushirishdan asosiy maqsad qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini sifatli qurilish mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat”, - deyiladi xabarda.
Yangi zavod Xitoyning “Anxuy konch sement” kompaniyasi tomonidan 150 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobiga foydalanishga topshirilgan.
O‘zbekiston sementni qaysi mamlakatlardan import qilmoqda