O‘zida tanqislik xavfi bo‘lishiga qaramasdan, Ukraina bug‘doyni Yevropaga tashib ketmoqda

O‘z hududida bug‘doy tanqisligi ehtimoli hamda bu yilgi hosil xavf ostida bo‘lishiga qaramasdan, Ukraina o‘z bug‘doy zahiralarini Yevropaga eksport qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18-may – Sputnik. Ukraina, mamlakatda g‘alla taqchilligi tahdidiga qaramay, Yevropa Ittifoqi bosimi ostida o‘z bug‘doy zaxiralarini eksport qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga Odessa dengiz portining sobiq xodimi ma’lum qildi.
"Odessa portining cheklangan tartibda ishlashi don mahsulotlarini to‘laqonli eksport qilishga imkon bermayapti. Yevropa Ittifoqi bosimi ostida Ukraina Reni va Izmail portlari orqali muqobil yo‘nalish ishlab chiqqan. Unga ko‘ra bug‘doy Turkiyadan so‘ng Dunay orqali Yevropaga tashib ketilmoqda. Ukrainaning o‘zida esa bug‘doy tanqisligi mavjud. Shu bilan birga bu yil hosil bo‘lmay qolish ehtimoli borligini ham unutmaslik kerak”, - deydi portning sobiq xodimi.
Agentlik manbasiga ko‘ra, 24-fevralgacha Odessa portida 200 ming tonnadan ortiq bug‘doy saqlangan. Biroq, aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab, rasmiylar nomidan oziq-ovqat konteynerlarini faol ravishda eksport qilishni boshladilar. Ularning soni 10 mingdan ortiq edi.
“Mart oyida Kiyev rasmiylari dengiz savdo portida bo‘lgan barcha oziq-ovqat yuklarini olib qo‘yish haqida ko‘rsatma bergan”, — deya qo‘shimcha qildi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatdan nafaqat tovar egalari, balki turli jinoiy guruhlar ham foydalanib qolishdi. Shunday qilib, yukning bir qismi o‘g‘irlangan va shaxsiy manfaatlar uchun aylana boshlagan, dedi port xodimi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta G7 davlatlari Rossiya Ukrainaning qishloq xo‘jaligi eksportiga to‘sqinlik qilayotganini va jahon oziq-ovqat bozorlarida narxlar oshib borayotganida ayblagan edilar. Moskva bu ayblovlarni rad etdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, Ukraina rasmiylarining o‘zlari portlardan chiqish yo‘llarini minalashtirgan va kemalarni chiqib ketishga qo‘yib yubormayapti. Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya bir necha bor tinlik koridorlari orqali kerakli tovarlar yuklangan kemalarni olib chiqishni taklif qilgan. Biroq Kiyevdagilar hamkorlik qilishni istamaydi, ularning “g‘arbiy xo‘jayinlari” esa bunga hech qanday munosabat bildirmayapti.