TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan birga vertolotda qirg‘iz—o‘zbek chegarasining belgilanmagan qismini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Qirg‘iziston DMXQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuvi va chegarani vertolotda ko‘zdan kechirishlari Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumanidagi Gavasoy hududida bo‘lib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, Abdusalom Azizov va Qamchibek Tashiyev uchrashuv davomida turli masalalar bo‘yicha fikr almashgan va tegishli qaror qabul qilgan.