Mo‘ynoqdagi qamishzorlarda yuzaga kelgan yong‘in haqida ma’lumot berildi – video

Yong‘in natijasida Zaliyev ko‘lida 0,5 gektar maydondagi qamishzor yonib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mo‘ynoq tumanida joylashgan qamishzorlarda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17-may kuni soat 20:00 da tumandagi Zaliyev ko‘lidagi qamishzorda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
“Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 20:40da yetib bordi va 21:05 da yong‘in bartaraf etildi”, - deyiladi xabarda.
Aniqlik kirtilishicha, yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 30 kmni tashkil etadi.
Ayni vaqtda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.