TOShKENT, 18-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an yana bir bor Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamasligini tasdiqladi, chunki ular Anqara so‘roviga binoan terrorizmda gumonlanayotgan shaxslarni topshirmagan.
“Biz 30 nafar terrorchilarni topshirishni so‘radik, bizga ularni berishadi. Siz bizga terrorchilarni topshirmaysiz, biroq shu bilan birga NATOga a’zolikda masalasida ko‘mak kutasiz”, - dedi Erdog‘an o‘zi rahbarlik qilayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi majlisida nutq so‘zlayotib.
Turkiya prezidenti Shvetsiya va Finlyandiya vakillarini Anqaraga ularning NATOga kirishini qo‘llashga ko‘ndirish uchun kelishga ovora bo‘lmaslikka chaqirgan.
Rejep Tayyip Erdog‘an 16-may kuni Finlyandiya va Shvetsiyaning bu mamlakatlarning Anqara terrorchi deb hisoblaydigan Kurdiston ishchi partiyasi faoliyatiga aloqador shaxslarni berishdan bosh tortgani sabab NATOga kirishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan edi.
15 may kuni Finlyandiya NATOga qo‘shilishga qaror qilganini rasman e’lon qildi. Uning ortidan Shvetsiya ham shunday qarorga kelganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Shvetsiya agar uning arizasi ma’qullansa, u o‘z hududida yadro quroli va harbiy bazalarni joylashtirishga qarshi chiqishini bildirgan.