Andijonda gilos eksporti boshlandi

Ushbu mavsumda o‘zbek gilosining asosiy xaridorlari Rossiya va qo‘shni Qirg‘iziston bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonning Andijon viloyatida gilos eksporti boshlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17-may holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida jami 195 tonna, qiymati 136 ming dollarga teng gilos eksport qilingan.
“Ushbu mavsumda Rossiya va qo‘shni Qirg‘iziston o‘zbek gilosining asosiy xaridori ekanligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Raqamlardan ko‘rish mumkinki, eksport qilinayotgan o‘zbek gilosining eng katta qismi ushbu ikki mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ayni damda Andijon viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan eskportorlar tomonidan gilos eksporti operatsiyalari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda 18 ta davlatga qiymati 84,8 mln dollarga teng bo‘lgan 60,8 ming tonna gilos eksport qilgan. Shundan 24,7 ming tonnasini Rossiyaga yuborgan.
O‘tgan yili Farg‘ona viloyatidan eng ko‘p gilos eksporti amalga oshirilgan. Farg‘ona giloslarining asosiy xaridori Rossiya bo‘lgan (23 mln).
Avvalroq Qashqadaryoda qovun pishgani va tez orada qovun eksporti boshlanishi haqida xabar bergan edik.