Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Qurolli kuchlarining 15 ming askari qamalga tushdi

LXR Ichki ishlar vazirligi Lisichansk va Severodonetsk yaqinida Ukraina Qurolli Kuchlarining 16 minggacha askarini asirga olganini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may - Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari va yollanma askarlaridan 15 mingdan ortig‘i Severodonesk va Lisichansk yaqinida qamalga tushdi, deb xabar qildi Lugansk Xalq respublikasi ishlar vaziri yordamchisi Vitaliy Kiselov.
“Jami 15-16 ming kishi bo‘ladi”, dedi u boshlovchining “Ukraina Qurolli kuchlari va millatchilardan iborat ulkan guruhi haqiqatan ham qamalga tushdimi" degan savoliga javoban.
Kiselovning aniqlik kiritishicha, ba’zi Ukraina manbalarining yozishicha, dushman bo‘linmalari 20 mingdan kam jangchidir. Vazir yordamchisi, shuningdek, kecha Rubejnoe shahridan topilgan, ehtimol, yollanma askarlar tomonidan qo‘llanilayotgan taqiqlangan o‘q-dorilarni namoyish qilganini qo‘shimcha qildi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining Lisichansk va Severodonetsk yaqinidagi asosiy vazifasisi - infratuzilmani yo‘q qilish.

"Iloji boricha buzib tashlash, zarar yetkazish va keyin bu yukni Rossiya Federatsiyasiga yuklash - bu ularning vazifasi. Tinch aholini shu darajada qo‘rqitish kerak-ki, keyin ular ko‘p yillar davomida qo‘rquvni his qilishlari kerak", - dedi Kiselov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, katta ehtimol bilan bu qo‘shinlarga chekinmaslik buyurilgan.
"Xuddi shunday, Rubejnoyeda mahbuslar olib ketilganda, ular buyruqqa bir necha bor murojaat qilishganini aytishdi: "Bizga ketishni taqiqlashdi, ular o‘limgacha turishimizni aytishdi." Va yuqori martabali qo‘mondonlar esa allaqachon qochib ketishgan, bir oy oldin", - dedi LXR Ichki ishlar vazirligi boshlig‘ining yordamchisi.
Pushilin Ukraina Qurolli Kuchlari kuchlarining Avdeyevkada qamal qilinishi haqida gapirdi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.