TOShKENT, 17-may - Sputnik. O‘zbekistonda davlat budjetiga tushayotgan soliqlar miqdori sezilarli darajada oshmoqda. Bu haqida Davlat Soliq qo‘mitasi xabar qilmoqda.
2022 yilning birinchi choragida budjetga 34 495 mlrd. so‘m soliq topshirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117%ga ko‘p, deyiladi DSQ xabarida.
Soliq tushumlari asosan o‘sishi asosan quyidagi soliq turlari hisobidan bo‘lgan:
foyda solig‘i +19%;
qo‘shilgan qiymat solig‘i +15%;
aylanmadan olinadigan soliq +5%.
Soliqlar oshishida QQS yig‘ib olish samaradorligi muhim ahamiyat kasb etgan. Navoiy viloyati (+193%), Toshkent shahri (+186%) va Farg‘ona viloyatida (+183%) QQS yig‘ib olish darajasi sezilarli oshgan. O‘rtacha hisobda hududlarda QQS yig‘ib olish darajasi + 160%ni qayd etgan.