Rossiyada migrantlar uchun imtihonni soddalashtirish taklif qilindi

Patent olishda xorijliklarni imtihonning yozma va Rossiya qonunchiliklari asoslari testidan ozod qilishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Rossiyada Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida ishlashga kelayotgan migrantlar uchun imtihonni soddalashtirish taklif qilindi. Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligi tegishli tashabbus bilan chiqdi.
Patent, vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash guvohnomasini (VNJ) olishda xorijliklarning faqat og‘zaki imtihon topshirishlari taklif qilinmoqda. Shu tariqa, bu hujjatlarni olmoqchi bo‘lganlar chet elliklar rus tili fanidan yozma va Rossiya qonunchiliklari asoslaridan test topshirishdan ozod qilinishlari mumkin.
Bu qaror qabul qilingan taqdirda, u 2022-yil 31-dekabrigacha amalga qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ishlash uchun hujjat olmoqchi bo‘lgan migrantlar rus tilidan imtihon topshirishlari kerak. Imtihon, jumladan, yozma va og‘zaki hamda Rossiya tarixi va asosiy qonunchiliklari savollaridan iborat testni o‘z ichiga oladi.