Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Margarita Korolova suyaklarga zarar yetkazuvchi ichimliklarni aytdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p sut iste’mol qilish suyaklar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sut tarkibidagi nordon komponentlar organizmdan foydali moddalarni yuvib chiqaradi. Shu sababli iste’mol qilinadigan sut va sabzavotlar miqdorini muvozanatlashtirish kerak. Sabzavotlardagi ozuqaviy tolalar tanada kalsiyni “ushlab turadi”.
“Ishqoriy ekvivalentligi teng bo‘lmagan nordon oziq-ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish atsidozga olib keladi. Bu organizmning pH- muhitining o‘zgarishi deyiladi. Bunda organizm qanday bo‘lmasin ishqoriy komponentlarni muvozanatlaydigan sharoitlarni yaratadi. Shu bilan organizm suyak massalaridan foydali ishqoriy minerallarni tortib oladi. Bu esa suyuklarni zaiflashtiradi”, - deydi Korolova.
Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan qahva ichimligi ham kalsiy, magniy va boshqa bir qator foydali mineral moddalarni hazm qilinishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun parhezshunoslar uni ovqatdan ancha oldin yoki keyin iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Xususan, qahva organizmni suvsizlantiradi. Shuning uchun undan keyin kamida bir stakan suv ichish lozim.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, suyaklarni gazli ichimliklar ham shikastlantiradi. Gazli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish osteoporoz kasalligiga olib keladi. Chunki bunday ichimliklarda ortofosfor kislota mavjud. Bu kislota shuningdek, oshqozon-ichak traktiga va tishlarga ham jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, hatto kam miqdordagi gazli ichimliklar ham buyraklar faoliyatiga putur yetkazishi mumkin.