Bu qiziq

Nega ba’zi odamlar doimo sovuq qotadi?

Ba’zilar yoz faslida ham issiq yopinchiq ostida uxlaydi, sovuqdan shikoyat qiladi va yelvizakdan qo‘rqadi. Shifokor buning sabablarini ma’lum qildi.
Sputnik
Shifokor-terapevt, parhezshunos Filipp Kuzmenko organizmning havo haroratini qanday qabul qilishi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
“Ko‘p omillar odam organizmining individual xususiyatiga bog‘liq. Qanday holatda qulay bo‘lsa, shunday yo‘l tutish lozim. Ayrimlarni bolaligidan issiq kiyimga o‘rgatishadi. Shuning uchun organizm salqin havoga shunday munosabat bildirishi mumkin”, - deydi shifokor.
Bundan tashqari, havo haroratini qanday qabul qilinishiga teri osti yog‘ miqdori ham ta’sir qiladi. Yana boshqa omil- nerv tizimining holati. Tushkunlik kayfiyatida yuradigan yoki tez-tez tashvishlanadigan odamlar ko‘proq sovuq qotadi.
“Uyqu yetishmasligi ham sovuqqa ta’sirchanlikka sabab bo‘ladi”, - deydi Kuzmenko.
Yana bir jihatni unutmaslik lozimki, sovuqka ta’sirchanlik kasallik alomati bo‘lishi ham mumkin.
“Tez-tez sovuq qotish aniq bir kasallikka bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo bu holatda sovuq qotish bilan birgalikda boshqa alomatlar ham paydo bo‘ladi. Masalan, qon aylanishidagi muammolar va qandli diabetda organizm sovuqqa ta’sirchan bo‘ladi”-, deydi terapevt.