"Azovstalda" 265 nafar jangari taslim bo‘ldi - video

"Azovstal"da qurol topshirgan jangarilar orasida 51 nafar og‘ir yaradorlar bor. Ular darhol Novoazovsk kasalxonasiga yuborildi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may - Sputnik. "Azovstal"da qurshovga olingan jangarilardan 265 nafari taslim bo‘ldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ta’kidlanishicha, Mariupolda qurshovda qolgan “Azov” jangarilari asirga tusha boshlashgan. O‘tgan sutka davomida 265 nafar jangari qurol topshirgan, ulardan 51 nafari og‘ir yarador.
"Yaradorlar DXRdagi Novoazovsk kasalxonasiga yo‘naltirildi," - deyilgan xabarda.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.