TOShKENT, 16-may - Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatiga 50 tonna insonparvarlik yordam olib kelishdi. Bu haqida Mudofaa vazirligiga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.
Rossiya Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev aytishiga ko‘ra, 2022-yil 2-martdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga 18 790,1 tonna zaruriy mahsulotlar, oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy buyumlar yetkazib bergan. Umumiy hisobda 1000 ga yaqin gumanitar aksiyalar amalga oshirilgan.