Pista yuqori kaloriyali mahsulot. U oshqozon kasalliklarini qo‘zg‘atishi mumkin, deydi shifokor-endokrinolog Tatyana Bocharova.
“Pistaning appentitsit kasalligini keltirib chiqarishi – afsona. Ammo pistadan keyin chindan ham boshqa sabablarga ko‘ra, qorin og‘rishi mumkin. Pista tarkibida yoq moddalari ko‘p-100 gramm mahsulot uchun 50 grammdan ortiq. Agar oshqozon yarasi, gastrit bo‘lsa va muntazam pista iste’mol qilinsa, kasalliklar qo‘zg‘alishi mumkin. Bundan tashqari, pistada kaloriya yuqori: 100 gramm - 550 kaloriya, bu bir plitka shokoladga teng. Pista “oziq-ovqat mahsuloti” sifatida qabul qilinmaydi va shunchaki kilogramm ortishiga hissa qo‘shadi”,- deydi shifokor.
Pista ozuqaviy tolaga, V, A va E vitaminlariga, yurak va asab tizimining normal ishlashi uchun muhim bo‘lgan magniyga boy. Biroq, pistani xom holda iste’mol qilgan ma’qul, chunki qovurilganda kanserogen to‘planadi.
“Har kuni pista iste’mol qilish mumkin, lekin oz miqdorda - 30 grammdan oshmasligi kerak”, - dechya tavsiya beradi shifokor.