Pekin G7 davlatlarini noqonuniy sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy G7davlatlarini tinchlikka e’tibor qaratishga va noqonuniy sanksiyalarni to‘xtatishga chaqiradi.
Sputnik
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Pekin “Katta yettilik” davlatlarini tinchlikka e’tibor qaratishga, boshqa mamlakatlarda noqonuniy sanksiyalar qo‘llash va rangli inqiloblarni qo‘zg‘atishni bas qilishga chaqiradi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ChjaoLiszan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Katta yettilik” davlatlarini butun dunyoda tinchlik va taraqqiyotga chinakam e’tibor qaratishga, ikki yoki hatto bir nechta standartlar qo‘llashni to‘xtatishga, o‘z kuchini ko‘rsatish uchun sababsiz boshqa davlatlar “ostonasi”ga harbiy samolyotlar va kemalar yuborishni bas qilishga chaqiramiz”, - dedi diplomat bugun bo‘lib o‘tgan brifingda.

Shuningdek, u “Katta yettilik”ni har fursatda rangli inqiloblar uyushtirish uchun boshqa mamlakatlarga borishni, mazkur mamlakatlarga nisbatan noqonuniy sanksiyalar qo‘llash yoki ekstraterritorial yurisdiksiyadan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, “Katta yettilik” davlatlariga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya kiradi.