Eron ShHTga 2023-yilda to‘liq a’zo bo‘lishi mumkin

Samarqand sammiti doirasida Eronga ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolanishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Eron tomoni bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi kelishib olindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Memorandum Samarqand sammiti doirasida imzolanishi rejalashtirilgan. U Eronga ShHTga a’zo davlat maqomini taqdim etish masalasini hal qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Ya’ni, Eron tomoni 2023-yilgi sammitda, agar u barcha majburiyatlarini bajarsa, tashkilotga to‘liq a’zo sifatida qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - dedi Norov.
Vazir Eronning ShHTga qabul qilinishi to‘g‘risidagi bitim tashkilotning ochiqlik tamoyilini va unga a’zo davlatlarning amalda unga amal qilish bo‘yicha qat’iy intilishlarini tasdiqlashini qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, Eronning tashkilotga qo‘shilishi ShHTning "geografik javobgarlik" hududini kengaytiradi va o‘zaro bog‘liqlik sohasidagi mintaqalararo tashabbuslarni rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochadi.
Eron ShHTga yana bir qadam yaqinlashdi