Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Azovstaldan” yarador ukrainalik harbiylar evakuatsiya qilinadi

Rossiya Mudofaa vazirligi zavod hududidan yarador ukrainalik harbiylarni evakuatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Mariupol shahridagi “Azovstal” metallurgiya kombinati hududidan yarador ukrainalik harbiylarni evakuatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“16 may kuni Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinati hududida qurshovga olingan ukrainalik harbiy xizmatchilar bilan muzokaralar natijasida yaradorlarni olib chiqish borasida kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozir korxona hududida tinchlik rejimi e’lon qilingan va gumanitar yo‘lak ochilgan. U orqali yarador ukrainalik harbiylarni Donesk xalq respublikasining Novoazovskoe tibbiy muassasasi olib boriladi va ularga barcha zaruriy yordam ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Mariupol shahrini 7-mart kuni qurshab olishgan edi. 21-aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu shahar to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi, biroq “Azovstal” zavodida ukrainalik millatchi batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni to‘xtatishni, ammo "hatto pashsha uchib chiqa olmaydigan darajada” to‘sib qo‘yishni buyurgan edi.