Yuqori Chirchiq va Parkentdagi suv toshqinlari haqida ma’lumot berildi

Yuqori Chirchiqda sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 25 ta xonadonga suv kirdi. Poydevorga ega bo‘lmagan xom g‘ishtdan qurilgan xonadon binosiga zarar yetgan.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent va Yuqori Chirchiq tumanlarida kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar soylarda sel suvlarini to‘lib oqishiga olib keldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14-may kuni soat taxminan 17:50da Parkent tumani “Changi” kishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hosil bo‘lgan. Unga ichki ariqlar quvurlariga shox-shabba va tog‘ jinslarini tiqilib qolishi sabab ham bo‘lgan. Suv ichki ko‘chalarga va aholi tomorqalariga kirgan.
1 / 2
Parkentdagi suv toshqini
2 / 2
Parkentdagi suv toshqini
Yuqori Chirchiq tumanida ham 14-may kuni taxminan soat 18:20 larda qisqa muddatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Navbahor mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Yayilmasoy soyi o‘zanida yomg‘ir suvlari toshgan. U Obod turmush ko‘chasidagi taxminan 25 ta aholi xonadonlari, tomorqa yer maydonlariga kirgan.
Ko‘chadagi poydevorga ega bo‘lmagan xom g‘ishtdan qurilgan xonadon binosiga zarar yetgan. Buning oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va uy hayvonlari nobud bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
1 / 3
Yuqori Chirchiqdagi suv toshqini
2 / 3
Yuqori Chirchiqdagi suv toshqini
3 / 3
Yuqori Chirchiqdagi suv toshqini
Hozir ikki tumandagi toshqin talofatlari bartaraf etilgan.