TOShKENT, 15-may — Sputnik. Ukraina harbiylari qo‘mondonlari o‘z askarlarini nazorat qilishmaydi, xavf tug‘ilgan paytda ularni shunchaki tashlab ketish holatlari ham uchrab turadi. Bu haqda ukrainalik asir harbiy Ruslan Serduk ma’lum qildi.
Ukrainalik asirlar so‘roq qilingan videoni Rossiya Mudofaa vazirligi ko‘rsatdi.
“Qo‘mondonlar hammani tashlab ketish qolishdi, bizni esa to‘p yemi kabi qoldirishdi. Otishma, kim qayoqqa, kimdir okopdan chiqadi, hech nima yo‘q, balki, soat 3 yoki 4 larda kimdir “chekinamiz” deb qichqirdi, tamom, - dedi Serduk.
U uning otradida necha kishi bo‘lganini aniq bilmasligini ta’kidladi, lekin, qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, gap 45 nafar harbiy xizmatchi haqida borgan. 14 kishi chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tarkibda o‘rmon yoqalab ketishgan va rossiyalik harbiylarni uchratib qolishgan.
“Qurollarimizni topshirdik, hammasini to‘liq, ovqatlanmaganimizga uch kuncha bo‘lib qolgandi, hech narsa yo‘q edi. Bizga rossiyalik askarlar suv va yegulik berishdi. Hamma yer issiq, kuniga uch marta ovqat berishadi, suv, tamaki berishadi. Hamma narsa bor, hech kim urmaydi, xafa qilmaydi”, - deya hikoya qiladi Serduk.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.