Ukrainaga yetkazilib berilayotgan g‘arb quroli terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin – ekspert

Iroqlik harbiy ekspertlar G‘arb mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ terrorchilar qo‘liga tushishi mumkinligini ma’lum qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin yoki yangi terrorchilik tashkilotlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda xavfsizlik sohasidagi iroqlik ekspertlar RIA Novostiga ma’lum qilishdi.
Akila at-Tayining fikricha, AQSh va NATO mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ “olovga moy sepmoqda”, bu yetkazib berishlar “Islom davlati”* kabi terrorchilik guruhlarning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
U misol tariqasida 2014-yilgi voqealarni keltirdi, o‘shanda Iroqning shimoli va g‘arbidagi shaharlarni egallab olgan IShID* harbiy bazalarda qoldirib ketilgan katta miqdordagi Amerika harbiy texnikasi va qurol-yarog‘ini qo‘lga kiritgandi.
“Hozir Ukrainaga yetkazib berilayotgan Amerika qurol-aslahasi, katta ehtimol bilan, kontrabanda yo‘li bilan ularni qurollantirish yoki boshqa nomlar bilan yangi tashkilotlar tuzish maqsadida ekstremistlarga, xoh Ukrainada bo‘lsin yoki undan tashqari, yoki terrorchi guruhlarga, jumladan, IShIDga* jo‘natiladi”, - dedi at-Tayi.
Boshqa bir iroqlik harbiy ekspert Jalil Xalaf AQSh Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol “butun dunyoga tahdid soladigan xavf” ekanini ta’kidladi.
“Amerika Ukraina ko‘p qurol-yarog‘ va neonatsist deb ataluvchi ko‘ngillarni jo‘natdi. Bu faktning o‘zi nafaqat bu mamlakatlarga, balki butun dunyo uchun katta xavf tug‘diradi, chunki hech kim bu qurollar ekstremistlar yoki hatto IShID* qo‘liga tushishini istisno qilmaydi”, - dedi ekspert.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti