Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘shinlari chekinish vaqtida do‘kon va dorixonalarni talashmoqda

Shunday aholi punktlariga gumanitar yordam tarqatayotgan DXR askari o‘z yeguligini bolalarga berdi va ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari ortga chekinayotib, do‘kon va dorixonalarni talashmoqda. Tinch aholini oziq-ovqat va tibbiyot vositalarisiz qoldirishmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Donesk xalq respublikasi (DXR) hukumati rahbari maslahatchisi Yan Gagin ma’lum qildi.
Blagodatnoe aholi punktiga DXR hukumatidan gumanitar yordam olib kelindi. Gaginning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam aholi uchun ayni muddaol bo‘lgan, zero oziq-ovqat va tibbiyot vositalari taqchilligi bor. U bu yordam ko‘rsatish muntazam takrorlanishi qo‘shimcha qilgan.
Xuddi shunday aholi punktlariga gumanitar yordam tarqatayotgan DXR haydovchisi o‘z yeguligini Blagodatnoe qishlog‘idagi bolalarga berdi va ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.