Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BAA prezidenti Shayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 13-may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan BAA prezidenti Shayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.