Mehnat migrantlari uchun yangi telegram bot ishga tushdi

Botdagi xizmatlardan xorijda ishlash istagida bo‘lgan yoki ishlayotgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun yangi telegram bot ishga tushdi.
Yangi telegram botni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishlab chiqqan.
Botdagi qator xizmatlardan xorijda ishlash istagida bo‘lgan, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki mehnat migratsiyasidan vatanga qaytgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Avvalroq 2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiyaning yana o‘nta hududida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir necha vakolatxonalari ochilishi xabar qilingan edi.