Finlyandiya rasman NATOga qo‘shilishga qaror qildi

Ta’kidlanishicha, Finlyandiya parlament bilan maslahatlashuvlardan so‘ng NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Finlyandiya Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga (NATO) qo‘shilish qarorini rasman e’lon qildi. Bu haqda hukumat qarorida aytilgan.
“Finlyandiya parlament bilan maslahatlashuvlardan so‘ng Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga (NATO) a’zo bo‘lish uchun ariza beradi”, – deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, ertaga, 16-may kuni, mamlakat rasmiylarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va ovoz berish, ehtimol, seshanba kuni o‘tkaziladi. Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto avvalroq ariza 17-may kuni NATOning Brusseldagi qarorgohiga yuborilishini ta’kidlagan edi.
Kuni kecha Rossiya va Finlyandiya prezidenti Vladimir Putin va Sauli Niinistoning telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tgan edi. Kreml xabariga ko‘ra, Putin finlyandiyalik hamkasbiga betaraflik siyosatidan voz kechish xato bo‘lishi mumkinligini aytgan, chunki Niinistoning mamlakati uchun xavfsizligi uchun tahdid mavjud emas.
Kreml Finlyandiyaning NATOga kirishini Rossiya uchun tahdid deb atadi