ShHTning sport masalalari bo‘yicha sammiti Toshkentda bo‘ladi

Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar jismoniy tarbiya hamda sport bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. 19-21 may kunlari Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar jismoniy tarbiya hamda sport bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Unda tashkilotga a’zo mamlakatlarda sportchilarni xalqaro musobaqalardagi munosib ishtiroki uchun rag‘batlantirish, Olimpiya harakatini rivojlantirishdagi hamkorlikni mustahkamlash singari bir qator masalalar muhokama qilinadi.