TOShKENT, 14-may — Sputnik. Rossiya va AQSh mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Lloyd Ostin 18-martdan beri ilk bor muzokara o‘tkazdi, bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.
"Vazir Ostin 13-may kuni vazir Shoygu bilan 18-fevraldan beri birinchi marta muloqot qildi. Vazir Ostin Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi va aloqa liniyalarini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi", - dedi Kirbi, uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqladi.
“13 may kuni AQSh tomonining tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi. Xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari, jumladan, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi”, — deyilgan vazirlik Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda.
Reuters agentligi Shoygu va Ostin o‘rtasidagi suhbat natijalari haqida xabar qildi.
Agentlik Pentagon vakiliga asoslanib xabar berishicha, Shoygu va Ostin o‘rtasidagi 3 oy ichida birinchi muloqoti bir soatga yaqin vaqt davom etdi va hech qanday bahsli masalalarni hal qilishga olib kelmadi.
“Ikki davlat (mudofaa vazirliklari rahbarlari – tahr.) o‘rtasidagi bu suhbat hech qanday masalalarni hal qilishga yoki Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga o‘zgarishlarga olib kelmadi”, — dedi Pentagon vakili.