Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Qozog‘istonning Jambul viloyati Jualin tumanida sodir bo‘lgan YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Qozog‘istonning Jambul viloyati Jualin tumanida sodir bo‘lgan YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidentining tezkor topshiriqlariga asosan hukumat qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari A.Latifjonov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 13-may kuni soat 18:05da Jualin tumanining markaziy shifoxonasiga yetib borib, Qozog‘iston Respublikasining mas’ul idoralari rahbarlari bilan uchrashdi va hamkorlik asosida tashkiliy va amaliy harakatlar olib borildi.
Soat 23:40 da Jualin tuman markaziy shifoxonasidan yo‘lga chiqib, 14-may kuni soat 04:55 da O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasi “G‘ishtko‘prik” bojxona maskaniga yetib keldi.
Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishdi.
2 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzili – Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborildi. Hokimliklar marosim tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Bugun yana bir fuqaro vafot etdi. Ayni paytda marhumni olib kelish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
1 / 5

Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

2 / 5

Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

3 / 5

Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

4 / 5

Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

5 / 5

Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafar jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga joylashtirildi, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo‘lgani uchun uyiga javob berildi.