TOShKENT, 14-may — Sputnik. Shu yilning yanvar-aprel oylarida o‘zbekistonliklar banklardan 2,2 mlrd $ miqdorida valyuta sotib oldi, deb xabar qildi Markaziy bank.
Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 64 %ga ko‘proqdir.
Yil boshidan aholi tomonidan banklarga 3,2 mlrd $ miqdorida xorijiy valyuta sotildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 %ga ko‘pdir.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bank kassalarida yetarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjud.
Banklar kassalarida naqd xorijiy valyutaning yetarli zaxiralari mavjudligi sababli chet el valyutasini olib kirish ko‘zda tutilmagan.
Aholiga va xorijliklarga chet el valyutasini sotish mamlakat hududida qonuniy manbalardan milliy valyutada mablag‘lar kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda amalga oshiriladi.