O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari oshdi

Aprel oyida O‘zbekistonga xorijdan 1 mlrd $ o‘tkazildi – Markaziy bank.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonga shu yil yanvar—aprel oylarida xorijdan 2,54 mlrd $ pul jo‘natildi, bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 27 %ga (548 mln $) ko‘proqdir.
Aprelda respublikaga 1,07 mlrd $ pul o‘tkazmasi kelib tushdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.