Moskva birjasida "rubl-so‘m" savdolari yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Birja mavjud valyutalar ro‘yxatiga yana uchta xorijiy valyutani – BAA, Armaniston va O‘zbekiston valyutalarini qo‘shish orqali kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Moskva birja savdosidagi valyutalar ro‘yxatini kengaytirish rejalashtirilgan. Unga BAA valyutasi - dirham, arman drami va o‘zbek so‘mi kiritiladi.
Bu ma’lumotni RBK nashriga moliyaviy bozordagi uchta manba tasdiqladi.
Qayd etilishicha, mavjud valyutalar ro‘yxatini kengaytirish mantiqiy qadamdir, chunki G‘arb sanksiyalari sharoitida BAA Rossiya biznesiga tobora ko‘proq qiziqish bildirmoqda.
Bugungi kunda birjada rublni 10ta valyutaga: AQSh dollari, yevro, Britaniya funti, Xitoy yuani, yapon iyenasi, turk lirasi, Gonkong dollari, Belarus rubli, Qozog‘iston tengesi va Shveysariya frankiga almashtirish mumkin.