Toshkentga yana 50ta zamonaviy tez yordam mashinalari olib kelindi

Yangi reanimobillarda EKG, IVL, defibrilyator, so‘rg‘ich, kislorod sistemasi va boshqa zamonaviy tibbiy uskunalar o‘rnatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmatiga 50 ta zamonaviy Ford reanimobillari topshirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Tashkent poluchil yeshe 50 sovremennix reanimobiley
Tez tibbiy yordam mashinalari bemorlarni tashish va ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga mos ravishda to‘liq jihozlangan.
Reanimobillarga so‘nggi rusumdagi aloqa vositalari o‘rnatilgan. Bu markazdagi dispetcherlik punktida turib mashinaning joylashuv nuqtasi, yo‘llardagi harakati va mashina salonida tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonini bevosita kuzatish imkonini beradi.
Shuningdek, ularda zamonaviy EKG, IVL, defibrilyator, so‘rg‘ich, kislorod sistemasi va boshqa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, dori qutisida tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi dori-darmonlar bor.
Tashkent poluchil yeshe 50 sovremennix reanimobiley
Mashinalar “O‘ZIMPEKSALOQA” MChJ tomonidan xarid qilindi.
“Pandemiya davrida logistika xizmatlari murakkab bo‘lishiga qaramay, ushbu avtotransport vositalari o‘z vaqtida yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda shu rusumdagi 150 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari vazirlik tomonidan yetkazib berilgan edi.
Tashkent poluchil yeshe 50 sovremennix reanimobiley