Bu qiziq

Qaysi mahsulot nonushtaga to‘g‘ri kelmaydi

Nonushta uchun mevali yogurtlar iste’mol qilish ortiqcha vazn yig‘ishga sabab bo‘ladi.
Sputnik
Nonushta uchun mevali yogurt iste’mol qilish ortiqcha vazn yig‘ish va qandli diabetga chalinish ehtimolini oshiradi. Bu haqida parhezshunos- nutritsiolog Yekaterina Matiskina Sputnik radiosiga ma’lum qildi.
Ko‘pchilik yogurtni ertalab iste’mol qilishni afzal ko‘radi. Agar yogurt tarkibida mevalar, boshoqli mahsulotlar va shakar bo‘lsa, foydadan ko‘ra zarar ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
“Agar shirin yogurt iste’mol qilsangiz, qonda shakar miqdori keskin tushadi, so‘ngra keskin kamayadi”, - deydi parhezshunos.
Mutaxassisning aytishicha, bunday nonushtadan bir qancha vaqtdan o‘tib yana tanavul qilishga to‘g‘ri keladi. Buning ortidan esa vazn oshishi mumkin. Qonda shakar darajasining “o‘ynashi” ham semizlikka olib keladi.
“Ovqatdan shakarni qonga o‘tkazish uchun organizmda ko‘p miqdorda insulin gormoni ishlab chiqarilishi kerak. Natijada yogurtdagi shakarning bir qismi qonga kiradi va ko‘p miqdorda insulin qoladi. Bu ochlik hissini qo‘zg‘atadi. Shunday qilib “insulin tebranishi” qo‘zg‘aydi”, - deydi Matiskina.
Uning so‘zlariga ko‘ra, insulinning bunday tebranishi qandli diabetga chalinish ehtimolini ham paydo qiladi.
Shu sababli, yogurt nonushtada iste’mol qilish uchun foydali ozuqa emas.
“Nonushtada shunday ovqatlanish kerakka, undan olinadigan quvvat tushgacha yetishi kerak”,- deydi nutritsiolog.