“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

Kundalik parvozlar keng fuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. 20-maydan boshlab Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi O‘zbekiston poytaxtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Kundalik parvozlar keng fuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi”, deyilgan xabarda.
Parvozlar har kuni quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Moskva – Toshkent: jo‘nab ketish — 19:45; yetib kelish - 01:45.
Toshkent – Moskva: jo‘nab ketish — 03:45; yetib kelish - 06:10.
Avval, reyslar Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga parvoz amalga oshirgan.
“Aeroflot”ning Moskvadan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslari yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 21-maydan “Rossiya” aviakompaniyasining Sochidan Toshkentga parvozlari bekor qilindi. Yo‘lovchilar Moskvadan reyslarga qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.