Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi

Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Toshkent shahrida yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 11-maydan boshlab “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha - Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakatini Qipchoq ko‘chasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.
Shuningdek, “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 75-sonli “Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni” avtobus yo‘nalishining harakatini “Surum mahallasi" so‘nggi bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yo‘li, Chortoq, Qanora, Mag‘rib, Davlatobod, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Qatortol ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.
Toshkentda eng ko‘p foydalaniladigan avtobus yo‘nalishlari qaysi?