TOShKENT, 12-may — Sputnik. 13 may kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Chjan Min boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning ShHTga raisligida tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston raisligida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan tadbirlarda ShHT bosh kotibining ishtiroki ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston 2022-yilda ShHTda raislik qilmoqda. Mamlakat raisligida 80 dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ShHTda 2004, 2010 va 2016-yillarda raislik qilgan.