O‘zbekistonlik kamonchilar Osiyo kubogida 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Iroqdagi kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogida o‘zbekistonlik kamonchilar 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Iroqning Sulaymoniya shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ziyoda Abdusattorova va Amirxon Sodiqov miks dasturi finalida hindistonlik raqiblarini 5:4 hisobida dog‘da qoldirib, “oltin”ga ega chiqishgan.
Luchniki Uzbekistana zavoyevali 3 medali na Kubke Azii
Bronza medali uchun jamoaviy dasturda kechgan bahsda O‘zbekiston jamoasi yigitlari Eron termasini 6:0, qizlari esa qozog‘istonlik raqibalarini 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan