TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston hududida 12-may kuni mahalliy vaqt bilan 15:27 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Episentr: Surxandaryo viloyati, Boysun tumani. Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda.
Hududlarda sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 4-5 ball, 96 km.
Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km.
Samarqand viloyatida 3-4 ball, 180 km.
Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km.
Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km.
Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km.
Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km.
Toshkent viloyatida 2-3 ball, 396 km.
Toshkent shahrida 2-3 ball, 410 km.
Farg‘ona viloyatida 2 ball, 496 km.