TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya va NATOning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib kelishi mumkin, u esa o‘z navbatida yadro urushiga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
“Xorijlik tahlilchilarning NATOning Rossiya bilan urushi haqidagi keti uzilmaydigan suhbatlari tinmayapti. Ustiga ustak G‘arbning “zabonli kallalari” surbetligi ochiqcha bo‘lib bormoqda. Kun tartibiga bor kuch bilan Rossiya dunyoni yadro mojarosi bilan qo‘rqitayotgani haqidagi tezisni olib chiqishga urinishmoqda”, - deya yozdi Medvedev o‘zining telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir G‘arb mamlakatlari “ishonchnoma asosidagi urushni” olib borishmoqda: ular Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashmoqda, yollanma jangchilarni jo‘natishmoqda va Rossiya chegaralari yaqinida alyansning maxsus mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari natijada buning bari xatarlarni keltiruv chiqaruvchi to‘laqonli ziddiyatga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi.
“Bunday mojaroning hamisha to‘laqonli yadro urushiga aylanish xatari mavjud. Bu hamma uchun fojiali ssenariy bo‘ladi. Shu bois odam o‘zini va boshqalarni aldamasligi zarur. Shunchaki o‘z xatti-harakatlarining ehtimoliy oqibatlarini haqida o‘zlash darkor”, - deya xulosa qildi Medvedev.