Aleksandrning so‘zlariga ko‘ra, 2-aprel kuni “azovchilar” uyda, yerto‘lalarda bo‘lgan aholini haydab chiqargan. Ertalab soat to‘rtgacha bu yerlarda hech kim bo‘lmasin deyishgan.
“Odamlar qanday kiyimda bo‘lsa, shunda ketishga majbur bo‘ldi. Kechroq ketmoqchi bo‘lganlarni otishdi. Bilganlarim, 37 uydan Alla Voloshinani maktab yonida turgan snayper otib o‘ldirdi. Narog‘da, 5- uyda soat tuzatadigan usta yashardi, uni otib o‘ldirishdi. Usta oqsoq edi, qo‘ltiqtayoqda zo‘rg‘a yurardi”, - deydi erkak.
Keyin millatchilar 3-aprel kuni tanklardan, minometlardan uylarga qaratib o‘q uzishni boshlashgan. Shuningdek, ular uylarning kirish joyini minalashgan.
Batafsil Sputnik videosida.
* Rossiyada ularga qarshi jinoiy ish ochilgan