TOShKENT, 12-may — Sputnik. 16-may kuni Moskvada KXShTning yubiley sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi, dedi matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“16 may kuni KXShT tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan Moskvada KXShTga a’zo davlatlar sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu ham yetakchilarning uchrashuvi, ham ishchi nonushta formatidagi alohida muloqoti bo‘ladi. Biz ushbu tadbir yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga Stanislav Zas va Nikol Pashinyan ma’lumotlar berishini kutamiz”, dedi Peskov endi tashkilotga Armaniston raislik qilayotganini eslatib.
Ma’lumot uchun, 1992-yil 15-may sanasida sobiq sovet respublikalari o‘rtasida kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzolanadi va u 1994-yilning 20-aprelidan boshlab kuchga kirdi.
KXShTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.