Agar oilada saratonga chalinganlar bo‘lsa, undan himoyalanish uchun nimalarga amal qilish kerak? Onkolog Tatyana Bobroviskaya bu borada “Doktor Piter” portaliga ma’lum qildi.
Mutaxassis avvalombor saratonning irsiyat orqali yuqmasligini ma’lum qilgan. Biroq, unga chalinish ehtimoli bir qancha irsiy mutatsiyalar tufayli ko‘payishi mumkin. Shifokorning ta’kidlashicha, kamida ikkita yaqin qarindoshi saraton bo‘lgan, bir necha turdagi saraton yoki bitta qarindoshiga yoshligida tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, genetik moyillik paydo bo‘lishi mumkin.
Shifokorning ta’kidlashicha, irsiyatdan qat’i nazar, ko‘krak bezi saratoni uchun muntazam tekshiruvdan o‘tish kerak. 40 yoshdan oshgan ayollar mammogramma va ixtiyoriy ravishda sut bezlarini MRT qilishlari kerak.
Saraton kasaliga chalinmaslik uchun mutaxassis birinchi navbatda zararli odatlardan voz kechishni tavsiya qildi. Bu asosan, o‘pka, bo‘g‘iz, og‘iz bo‘shlig‘i, kekirdak saratonini seltirib chiqaruvchi tamaki chekish bilan bog‘liq. O‘pka kasalligini oldini olish uchun kam dozada kopmyuter tomografiyasi tekshiruvidan o‘tish muhim. Ayniqsa, 45 yoshdan oshgan erkaklarga.
Semizlik yo‘g‘on ichak saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli mutaxassis 45-75 yoshdagi ayol-erkaklarga 10-yilda bir marotaba fibrokolonoskopiyadan o‘tishni tavsiya qildi. Prostata va sut bezlari, shuningdek, yo‘g‘on ichak saratonini oldini olishning eng yaxshi yo‘li sport bilan shug‘ullanishdir.
Bachadon bo‘yni va prostata saratonidan himoyalanish uchun mutaxassis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga qarshi emlanish va himoyalovchi vositalardan foydalanishni tavsiya qildi.