Bosh og‘rig‘i- shifokorga murojaat qilish va dorilar qabul qilish uchun asosli sabab. Ammo bu noxush holatdan tabletkalarsiz ham qutulish mumkin.
Shifokor-nevropatolog Igor Orlov Sputnik radiosiga og‘riqdan xalos bo‘lishning ikkita usulni ma’lum qildi.
Boshdagi og‘riq asosan miyaning qon bilan yomon ta’minlanishidan kelib chiqadi. Shuning uchun ko‘pincha qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar tavsiya qilinadi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, quloqqa maxsus yog‘lar tomizish ham miyada qon aylanishini yaxshilashi mumkin.
“Masalan, kamfora yog‘idan foydalanish mumkin. Quloqqa bir necha tomchi tomizish va tampon qo‘yish kerak xolos. Bu amaliyot ham miyada qon aylanishini yaxshilaydi”, - deydi shifokor.
Boshdagi og‘riqdan yana quloqlarni massaj qilib xalos bo‘lish mumkin.
“Qo‘llaringiz bilan quloq teshiklarini to‘liq yoping, yengilgina bosing va sekin harakat qiling. Bunda bosim kuchayadi, miyada qon aylanishi yaxshilanadi. Og‘riqdan xalos bo‘lish uchun samarali usul. Biroq, ehtiyotkor bo‘lish lozim. Massaj paytida og‘riq bo‘lmasligi kerak”, - deydi mutaxassis.