TOShKENT, 11-may — Sputnik. Argentina prezidenti Alberto Fernandesning aytishicha, G‘arbning Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari butun dunyoga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda u Ispaniyaning “El Diario” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Bu sanksiyalar butun dunyo bo‘ylab juda salbiy oqibatlarga olib keladi, - deydi Fernandes. - Lotin Amerikasining oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlar borligini ta’kidladi. Oziq-ovqat va energiya xavfsizligi Lotin Amerikasi, Markaziy Amerika, Karib havzasi mintaqasida xavf ostida”.
Fernandesning so‘zlariga ko‘ra, uning maqsadi - barcha zararlarga Yevropa e’tiborini jalb qilish.
“Mening niyatim Yevropa e’tiborini bu zararga qaratishdir. Men nimadir qilishni taklif qilaman, chunki bu pandemiyadan keyin kechirib bo‘lmaydigan narsa. Bu iqtisodiy sanksiyalarning barchasi ko‘proqodamlarga zarar keltiradi, chekka mamlakatlar uchun esa zarar beqiyos darajada katta. Bu axloqsizlikdir”, deydi Argentina yetakchisi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb kiritayotgan sanksiyalar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi, endi dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.